Iqtisodiyot | 10:48 / 27.08.2015
3029
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi uchdan bir ulushga kamaydi

Rossiyaning Xitoydagi elchisi Andrey Denisov mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2015 yilning birinchi yarmida uchdan birga tushganini ma'lum qildi.

Uning so‘zlarini TASS agentligi keltirdi.
Elchining ta'kidlashicha, yaqin oylarda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar aylanmasi, ilgari belgilanganidek, 100 mlrd dollar ko‘rsatkichiga yeta olmaydi.