Iqtisodiyot | 16:14 / 27.08.2015
3375
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dollar kursi 67,4 rublga tushdi

Rossiya Markaziy banki 28 avgust kuni uchun dollar va yevroning yangi kurslarini e'lon qildi.

28 avgust kuni uchun Rossiyada dollarning kursi 67,4473 rubl etib belgilandi. Shu tariqa, o‘tgan kun bilan qiyoslaganda dollar qiymati 1,87 rublga pasaydi.

Yevroning rublga nisbatan rasmiy kursi 3,39 rublga tushib, 76,3369 rublni tashkil etdi.

Bivalyuta korzinasining narxi 2,55 rublga pasayib, 71,45 rublni tashkil qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish