Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda yangi yong‘in xavfsizligi deposi ish boshladi
O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi arafasida Samarqand shahrida 2-harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi bo‘limining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi IIV rasmiy vakillari, viloyat hokimiyati va IIB rahbar xodimlari ishtirok etdi.
Viloyat IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi rahbari Ravshan Ablaqulovning xabar berishicha, yangi bo‘lim Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan ikkita ISUZU rusumli o‘t o‘chirish mashinasi hamda shahar aholisining yong‘in xavfsizligini ta'minlovchi boshqa maxsus texnikalar bilan ta'minlangan. Shuningdek, shaxsiy tarkib uchun zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, alohida ma'muriy va o‘quv kabinetlari, dam olish xonalari, o‘quv-mashg‘ulot maydonchasi mavjud.
Yangi bo‘lim Samarqand davlat universitetining ko‘plab o‘quv binolari bilan tutash Universitet xiyoboni yaqinidagi aholi zich joylashgan hududda ishga tushirildi.