O‘zbekiston | 12:53 / 27.08.2015
3015
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahridagi ta'lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda
Toshkent shahridagi umumta'lim maktablari, maktabgacha ta'lim muassasalari, “Mehribonlik” uylari va maxsus maktab-internatlarida kuz-qish mavsumiga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda. Muhandislik kommunikatsiya va isitish tizimlarini ta'mirlash va yangilashga katta e'tibor qaratilgan.
Shu vaqtga qadar poytaxtdagi 273ta umumta'lim maktabida ichki va tashqi isitish tizimlari ta'mirlandi. Ayni paytda 32ta isitish qozoni hamda 72435 metr kvadrat hajmdagi tomni kapital va joriy ta'mirdan chiqarish ishlari olib borilmoqda, deya xabar berdi O‘zA.
Shuningdek, ta'lim muassasalarida 3834 metr kvadrat hajmdagi deraza oynalari almashtirilgan. 21ta ta'lim muassasasida esa elektr tizimida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi.