O‘zbekiston | 12:41 / 27.08.2015
4904
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi Do‘rmon yo‘li ko‘chasi Bog‘ishamol qo‘chasiga qadar uzaytiriladi

Toshkentning ikkita serqatnov Bog‘ishamol va Mirzo Ulug‘bek ko‘chalarini tutashtiradigan yo‘l uchastkasida qurilishi ishlari davom etmoqda. Bu haqda "Gazeta.uz" nashri xabar qilgan.

Uzunligi 1,6 km bo‘lgan yangi avtomobil yo‘li ilgari Kabel zavodiga taqaladigan yo‘lning davomi bo‘ladi. Endi u zavodning qoq o‘rtasidan kesib o‘tib, Chamanbog‘ kichik ko‘chasi bo‘ylab, Botanika bog‘i yonidan o‘tib, Bog‘ishamol ko‘chasiga chiqadi.

Avtomagistral «O‘zavtoyo‘l» kompaniyasining Toshkent Ko‘prik xo‘jaligini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi (KXSITFK) tomonidan qurilmoqda. Qurilish ishlari 1 avgustda boshlandi, yo‘l quruvchilari obektni sentabr oyida foydalanishga topshirishni mo‘ljallamoqda.

Olti qatordan iborat avtomobil yo‘li chetlarida yangi piyodalar yo‘lkalari, uning yonlaridagi uylarda yashovchi aholi avtomashinalari uchun kirish joylari, shuningdek, ko‘kalamzor qatorlari bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, yo‘lovchilar uchun ikkita bekat quriladi.

Yo‘l qurilishi bilan birga unga tutash bo‘lgan Salor kanali tozalanib, qirg‘oqlari mustahkamlanmoqda

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish