Jahon | 15:11 / 27.08.2015
6934
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada birinchi qor yog‘di

Turkiya sharqidagi Ag‘ri tog‘ida bu yilning birinchi qori yog‘di. Bu haqda Milliyet xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, qor Doguboyazit provinsiyasi hududida dengizdan 2 800 metr balandlikda yog‘gan.

Qayd etish kerak, Ag‘ri tog‘i Turkiyaning eng baland qismi hisoblanadi. Bu tog‘ cho‘qqisining balandligi 5165 metrni tashkil etadi.

Mutaxassislar qor ko‘chkisi xavfi borligini aytishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish