Iqtisodiyot | 14:56 / 27.08.2015
2206
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning asosiy kreditorlarni qarzning 20 foizidan voz kechadigan bo‘ldi

Ukraina asosiy kreditorlari bilan qarzning 20 foizini o‘chirishga kelishib oldi, deb xabar beradi Bloomberg agentligi. Ukraina moliya vazirligi va kreditorlar qo‘mitasining qo‘shma bayonotida aytilishicha, bu mamlakat qarzlarini 3.6 mlrd dollarga qisqartirish imkonini beradi.

Bayonotda Kiyev Rossiyani ham, boshqa kreditorlar bilan bir qatorda, qarzni restrukturizatsiya qilishning shu shartlariga ko‘nishga chaqirdi.
Ukraina yevroobligatsiyalarni restrukturizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralarni mart oyidan buyon davom ettirib kelmoqda. Mamlakat rahbariyati kreditorlarni, agarda ular qarzning 40 foizidan o‘tiladigan restrukturizatsiyaga ko‘nmasa, tashqi qarzlarni to‘lashga moratoriy joriy qilinishi mumkinligidan bir necha bor ogohlantirgan edi.

Iyul oyidagi muzokaralar yakuniga ko‘ra kreditorlar qarzning faqat 5 foizidan voz kechishga tayyor ekanliklari ma'lum qilingan edi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko, o‘z navbatida, bu ko‘rsatkichning kamligini ta'kidlab o‘tdi. Joriy haftada esa restrukturizatsiya ulushi 20 foizgacha yetib bordi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish