Jahon | 15:53 / 28.08.2015
2878
1 daqiqa o‘qiladi

70 muhojirning o‘limida gumon qilinayotgan haydovchi Vengriyada qo‘lga olindi

Vengriya politsiyasi Avstriyada qoldirib ketilgan yuk avtomobili ichidagi 70 nafar muhojirning o‘limiga aloqadorlikda gumoni qilinayotgan uch kishini qamoqqa oldi. Bu haqda Avstriyaning Krone nashri xabar berdi.

Hozircha Avstriya ichki ishlar vazirligi mazkur ma'lumotni tasdiqlagani yo‘q.

Avvalroq juma, 28 avgust kuni Avstriya hukumati furgon ichida 50 muhojir jasadi borligini aniqlagan, keyinroq ularning soni 70 nafar ekanini ma'lum qilgan edi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, muhojirlar havo yetishmasligidan hayotdan ko‘z yumgan, transport vositasi haydovchisi esa qochib ketgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish