Jahon | 00:53 / 28.08.2015
2926
1 daqiqa o‘qiladi
Apple 2-chorakda 3,6 mln dona “aqlli” soat yetkazib berdi
2015 yilning 2-choragida Apple kompaniyasi riteylerlarga 3,6 mln dona Apple Watch soatlaridan yubordi. Tegishli tadqiqot natijalarini IDC nashri chop etdi.
Tahlilchilar ma'lumotlariga ko‘ra, Apple Watch savdo hajmlari fitnes-treker va taqib yuriladigan elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniya Fitbit’ning savdolari hajmiga yaqinlashmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, yaqin orada fitnes-treker sohasi bozorda o‘z ulushini yo‘qotadi va Apple taqib yuriluvchi elektronika segmentida yetakchiga aylanadi.
2-chorakda taqib yuriluvchi elektronika hajmi uch barobarga, ya'ni 18,1 mln donagacha yetdi.