2015 yilning 2-çoragida Apple kompaniyasi riteylerlarga 3,6 mln dona Apple Watch soatlaridan yubordi. Tegişli tadqiqot natijalarini IDC naşri çop etdi.

Tahlilçilar ma'lumotlariga köra, Apple Watch savdo hajmlari fitnes-treker va taqib yuriladigan elektron qurilmalar işlab çiqaruvçi eng yirik kompaniya Fitbit’ning savdolari hajmiga yaqinlaşmoqda. Tadqiqotçilarning fikriça, yaqin orada fitnes-treker sohasi bozorda öz uluşini yöqotadi va Apple taqib yuriluvçi elektronika segmentida yetakçiga aylanadi.

2-çorakda taqib yuriluvçi elektronika hajmi uç barobarga, ya'ni 18,1 mln donagaça yetdi.