Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukraina qarzlarining restrukturizatsiyasini qo‘llab-quvvatladi
AQSh moliya vazirligi Ukraina qarzlarining restrukturizatsiyasini qo‘llab-quvvatladi. Idora rahbari Jyeykob Lyu o‘z bayonotida buni Ukrainada barqarorlik va iqtisodiy imkoniyatlar yaratishdagi muhim qadam deb baholadi.
Lyu bu ishni amalga oshirishda ayniqsa Ukraina bosh vaziri va moliya vazirining o‘rni muhim bo‘lganligini ta'kidladi.
Shuningdek, u restrukturizatsiyaga rozi bo‘lgan kreditorlarni darhol ushbu operatsiyani yakunlash uchun zarur bo‘lgan qadamlarni tashlashga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Ukraina va kreditorlar kengashi qarzlarning 20 foizini o‘chirish haqida kelishuvga erishishdi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Rossiyani ham restrukturizatsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. Bunga javoban Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Moskva qarzlarning to‘liq o‘talishini talab qilishini aytdi.