Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning «Donald Kuk» esminetsi bugun Qora dengiz hududiga kiradi
AQShning raketa tashuvchi esminetsi «Donald Kuk» 28 avgust kuni oxirigacha Qora dengiz hududiga yetib kelishi kutilmoqda. Bu haqda AQShning 6-Harbiy dengiz floti matbuot xizmati xabar bergan.
«Donald Kuk» esminetsi hududdagi tinchlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida 28 avgust kuni Qora dengizga yetib keladi", deyiladi xabarda.
Biroz oldinroq, bu harbiy kema NATOning Qora dengizda o‘tkaziladigan «Briz-2015» nomli harbiy-dengiz mashg‘ulotlarida qatnashish uchun 5 iyul kuni yo‘lga chiqqani xabar qilingandi. Bu mashhulotlarda AQShning boshqa bir esminetsi "Porter" va ruminlarning "Machellariu" korveti ham ishtirok etadi.