Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda ilk marta amirlik ayollari kuni nishonlanmoqda
28 avgust kuni BAAda amirlik ayollari kuni nishonlanadi. Bu haqda The National nashri xabar bermoqda.
Fotima bin Muborakning ma'lum qilishicha, bu yilgi bayram harbiy xizmatdagi ayollarga bag‘ishlanadi. Bundan tashqari, harbiy amaliyotlar chog‘ida halok bo‘lganlarning onalariga hurmat va minnatdorchilik izhor qilinadi.
Bin Muborak mamlakat ayollarini erishilgan yutuqlarni saqlab qolishga va rivojlanishda davom etishga chaqirdi.
GulfNews’ning eslatib o‘tishicha, BAAda ushbu bayram ayollarning mamlakatning rivojidagi o‘rnini e'tirof etish uchun joriy qilingan.