Jahon | 10:41 / 28.08.2015
2730
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Rossiyadan harbiy samolyotlarning ikki turini sotib olishi mumkin

Rossiya va Eron respublikaga harbiy samolyotlarning ikki turini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Eron vitse-prezidenti Sorena Sattariy ma'lum qildi.

“Aytishim mumkin bo‘lgan yagona ma'lumot shuki, biz bu kabi samolyotlarning eng kamida ikki turi bo‘yicha shartnoma tuzishimiz mumkin. Hozircha muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda”, – dedi Sattariy Rossiyaning “Kommersant'” gazetasiga bergan intervyusida.

Eronlik siyosatchi batafsil ma'lumotlarni mamlakatlar harbiy vazirliklari berishi mumkinligini qayd etib o‘tdi.
Shuningdek, Sattariy Eron agarda Rossiya imtiyozli shartlar taklif etsa, Superjet 100 samolyotlarini xarid qilishga qiziqish bildirayotganini ham aytib o‘tdi.

«Superjet 100 xalqaro loyiha hisoblanadi. Ushbu samolyot ehtiyot qismlarining 80 foizga yaqini xorijda ishlab chiqariladi. Bu o‘rinda biz Rossiya bosqichma-bosqich ishlab chiqarishni mahalliylashtirayotgani va loyihani takomillashtirishda davom etayotganini ko‘rib turibmiz”, – dedi Eron vitse-prezidenti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish