Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fitch: Ukrainada defoltdan qochib bo‘lmaydi
Fitch xalqaro reyting agentligi Ukraina suveren kredit reytingini SS darajasidan S darajasiga tushirdi. Bu bilan agentlik tahlilchilari mamlakatda defolt kelib chiqishi aniqligini tasdiqlashdi. Bu haqda 27 avgust kuni agentlik saytida chop etilgan hisobotda ma'lum qilindi.
Reyting pasayishiga sabab sifatida tashqi qarzlarning 20 foizga restrukturizatsiya qilinishi ko‘rsatildi. Bu bilan mamlakat qarzdorlik majburiyatlarini to‘laligicha o‘tagan taqdirda bankrot bo‘lishini tasdiqladi, deyiladi hujjatda.
Ta'kidlanishicha, Fitch hozircha mamlakat reytingining ko‘tarilishiga turtki bo‘ladigan omillarni ko‘rmayapti.
Eslatib o‘tamiz, 27 avgust kuni Ukraina va kreditorlar kengashi qarzlarning 20 foizini o‘chirish haqida kelishuvga erishishdi. Ukraina moliya vaziri Natalya Yaresko Rossiyani ham restrukturizatsiyaga qo‘shilishga chaqirdi. Bunga javoban Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Moskva qarzlarning to‘liq o‘talishini talab qilishini aytdi.