Jamiyat | 12:22 / 28.08.2015
3830
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya politsiyasi mamlakatdagi eng eski lo‘lilar qarorgohida tozalash o‘tkazdi

Fransiya politsiyasi La-Kurev shahrida joylashgan eng eski lo‘lilar qarorgohida tozalash o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Sen-Sen-Deni departamenti Yug Bezanseno 60ga yaqin homilador ayollar, bolalar va nogironlarga darhol boshpana olishga vaucher taqdim etilgan. Qarorgohda istiqomat qiluvchi yana 200 kishiga boshpana topish masalasi ustida mahalliy hokimiyat bosh qotirmoqda.

Shunga qaramay, erkin jurnalistlarning yozishicha, 50 kishi boshpanasiz qolmoqda. Odamlarni evakuatsiya qilish uch soat davom etgan, bu vaqt ichida ularning vaqtinchalik qarorgohlari buzib tashlangan.

“Ular biz uchun hech narsa qilishmadi. Ular bizga bu yerda o‘rin yo‘qligini aytishdi”, - dedi qarorgohda rafiqasi va uch nafar farzandi bilan birga istiqomat qilib kelgan Brindas Dan.

La-Kurev shahridagi lo‘lilar qarorgohi 2009 yilda yuzaga kelgan. Unda 200dan 300gacha odam yashagani aytilmoqda.