Jahon | 18:34 / 28.08.2015
2346
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada qochqinlar yashayotgan boshpanalardan biriga o‘t qo‘yildi

Germaniyaning shimoliy-g‘arbidagi qochqinlar uchun maxsus boshpanalarning biri yonib ketgan. Bu haqda Spiegel nashri xabar tarqatdi.

Voqea payshanbadan jumaga o‘tar kechasi Gameln shahrida sodir bo‘lgan.

Yong‘in o‘chiruvchilarga boshpananing derazasidan molotov kokteyllarini otib hujum uyushtirilganidan keyin xabar berilgan deb yozadi, manba.

Politsiyaning so‘zlariga ko‘ra, hujumga mahalliy aholining chet elliklardan bezib qolgani asosiy sabab bo‘lgan. Voqea paytida boshpana ichida 30 nafar qochqin bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda politsiya yong‘inning kelib chiqishi bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish