Jahon | 14:47 / 28.08.2015
1590
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi muddatidan oldingi saylovlar 20 sentabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilandi

Gretsiya parlamenti uchun muddatidan oldingi saylovlar 20 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Interfaks» mahalliy matbuot bergan ma'lumotlarga tayanib xabar tarqatdi.

Payshanba kuni Bosh vazir lavozimini vaqtinchalik bajaruvchi sifatida ilk marta ayol – Oliy sud raisi Vasiliku Tanu-Xrestofilu tayinlangandi.

Unga mamlakat hukumatini vaqtinchalik shakllantirish topshirilgan.

Bugun hukumatning yangi tarkibi tuzilgani ma'lum qilinadi. Aynan mazkur tadbirda muddatidan oldingi saylovlar kuni rasman ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish