O‘zbekiston | 20:25 / 28.08.2015
5746
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda singlisining farzandini 8 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan opa-singillar qo‘lga olindi

Jizzaxda singlisining farzandini 8 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan opa-singillar jinoyat ustida qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Azima Ochilovaning 2 nafar farzandli bo‘lib, eridan ajrashib ketgan edi. Buning ta'sirida uning singlisi Vasilaga ham sovchi kelmayotgan edi. Oradan bir muncha vaqt o‘tib, Azima singlisining homilador bo‘lib qolganini sezib qoldi. Lekin homila 8 oylik bo‘lgani bois uni oldirib tashlashning iloji yo‘q edi.

Bir kuni Azima Zumrad Mirkomilova degan ayol bilan tanishib qolib, uning farzand asrab olmoqchi ekanligini, lekin bu jarayon murakkabligi bois haligacha boqib ololmaganini bildi va singlisining qornidagi bolani unga sotishga qaror qildi.

Azima singlisi Zamira bilan kelishib, pul masalasini Vasiladan yashirishdi va Mirkomilova bilan “savdolasha” boshlashdi. Dastlab farzand evaziga 9 ming dollar so‘ralgan bo‘lsa, so‘ng narx 8 ming dollarga tushirildi. Bundan shubhalangan Mirkomilova tegishli idoralarga murojaat qildi. Ular, o‘z navbatida, firibgarlarni jinoyat ustida qo‘lga olish rejasini tuzishdi.

Vasilaning ko‘zi yorigach, uning opasi va singli Zumrad Mirkomilovadan pul so‘ray boshlashdi. Firibgarlar Mirkomilovadan 8 ming dollar berayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Sud Azima va Zamira Ochilovalarga 6 yildan qamoq jazosi tayinladi.