Jahon | 17:09 / 28.08.2015
1877
1 daqiqa o‘qiladi

Muhojirlar o‘limiga aloqador deb topilganlar soni yetti nafarga yetdi

Avstriya politsiyasi Slovakiya va Vengriya chegaralari yaqinida bir necha o‘nlab muhojirlar jasadi bo‘lgan yuk avtomobili topilganidan so‘ng yetti kishini hibsga oldi. Bu haqda Krone gazetasi xabar bermoqda.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, yuk avtomobilidan 71 muhojirning jasadi topilgan.

Vengriya raqamida bo‘lgan yuk avtomobili avtomagistrallardan birida tashlab ketilgan edi.

Xabar qilinishicha, mazkur jinoyatda Ruminiya fuqarolari ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish