Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nazarboyev: Qozog‘istonni asossiz ravishda avtokratiyada ayblaydilar
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Konstitutsiya: birlik, barqarorlik, farovonlik” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi chiqishi chog‘ida mamlakatda hukm surayotgan tizimning tanqidchilariga javob berdi.
“Bilaman, ba'zan bizlarni avtokratiyani ayblashadi. Ammo har 4-5 yilda xalq o‘z prezidentini va parlamentini umumxalq saylovlarida tanlar ekan, avtokratiya haqida gapirish mumkinmi? Erkin va muqobil saylovlarda”, - dedi u.
“Bizga G‘arb davlatlarida hukm surayotgan demokratiya sari tezroq yetib borish lozimligini aytib kelishmoqda. Biz buni juda yaxshi tushunamiz. Demokratiya insoniyat taraqqiyotining umumiy yo‘lidir, ammo biz har doim Osiyo jamiyati ekanimizni, G‘arbdan farq qiladigan odatlarimiz borligini inobatga olamiz. Bizning diniy va madaniy qarashlarimiz boshqacharoq.
Shu bois biz bu yo‘lda ehtiyotkor bo‘lishimiz lozim”, - so‘zida davom etdi Qozog‘iston yetakchisi.
Bundan tashqari, Nazarboyev Qozog‘iston daromadi jihatidan o‘rta farovonlikdagi davlatlar darajasiga yaqinlashganligini ta'kidladi.