Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:58 / 28.08.2015
1675
1 daqiqa o‘qiladi
Qirg‘iziston Bishkekda yo‘l qurilishiga Xitoydan 1 mlrd yuanlik grant oladi
Xitoy keyingi 3 yil mobaynida Qirg‘izistonga 1 mlrd yuan yoki 180 mln dollar miqdoridagi grant ajratadi. Qirg‘iziston telegraf agentligining xabar qilishicha, bu pullar Bishkek yo‘llarini sozlashga va yangi yo‘llar qurilishiga sarflanadi.
Birinchi transh miqdori 350 mln yuanni tashkil qilib, uni ajratish haqidagi hujjat sentabr oyida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning XXRga tashrifi chog‘ida imzolanadi.
Grant doirasida Bishkekda 45ta ko‘cha ta'mirlanadi va rekonstruksiya qilinadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish