Jahon | 17:23 / 28.08.2015
2380
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti Eronga rasmiy tashrif bilan boradi

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Eronga rasmiy tashrif uyushtiradi. Bu haqda Qirg‘iziston respublikasi prezidenti apparati qoshidagi tashqi siyosat bo‘limi rahbari o‘rinbosari Sapar Isakov ma'lum qilgan.

Tashrifdan asosiy maqsad ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hisoblanadi.

"Prezidentimiz 4-6 sentabr kunlari davomida Eron islom respublikasida rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Ayni vaqtda bunga tayyorgarlik ko‘rilmoqda", deydi Sapar Isaqov.

Uning qayd etishicha, Eron Qirg‘izistonni YeIIha a'zoligini hisobga olgan holda bu mamlakat bilan hamkorlikda o‘zi uchun manfaatli jihatlarni ko‘rmoqda.

Almazbek Atambayev Eronda mamlakat rahbari Hasan Ruhoniy bilan tor doiradagi uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Shundan so‘ng, u Eron parlamenti spikeri hamda Eronning diniy rahnamosi Oyatulloh Ali Husayni Xamanei bilan ham uchrashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish