Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 18:28 / 28.08.2015
2152
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘istondagi uran bankining birlamchi hajmi 90 tonnani tashkil qiladi
Qozog‘istonda MAGATE ko‘magida tashkil etilayotgan uran bankining birlamchi hajmi 90 tonnani tashkil qiladi. Bu haqda Qozog‘istonning Moskvadagi elchixonasi maslahatchisi Viktor Temirbayev ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, bunday miqdordagi uran standart o‘lchamdagi yengil suvli AES reaktorini to‘la ta'minlashga yetadi.
Qozog‘iston o‘z hududida kam boyitilgan uran bankining joylashtirish tashabbusi bilan 2009 yilda chiqqan edi. Bu boradagi kelishuv mamlakat hukumati va MAGATE o‘rtasida kecha imzolandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish