Iqtisodiyot | 15:32 / 28.08.2015
2501
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada birinchi yarimyillikda sanktsion mahsulotlar importi 46 foizga qisqardi

Rossiyada birinchi yarimyillikda sanktsion ro‘yxatdan o‘rin olgan mahsulotlar importi 2014 yilning shu davriga nisbatan 46 foizga kamaydi. Rossiya Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, ushbu mahsulotlarning umumiy qiymati 6 mlrd dollarni tashkil etadi.

Ayniqsa, sut mahsulotlari, birinchi navbatda pishloq va saryog‘, shuningdek, go‘sht va baliq, olma, nok hamda behini mamlakatga olib kirish hajmi keskin kamaydi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, go‘sht importi 962 mln dollargacha qisqargan. 2014 yilning shu davrida 1,719 mln dollarlik go‘sht mahsulotlari import qilingan edi. Baliq importi esa 2014 yildagi 988 mln o‘rniga 447 mln dollargacha qisqargan, sut va qaymoq importi 196 mln dollar (343 mln dollar)ga kamayib ketdi.

2015 yilning yanvar-iyun oylarida Rossiyaga 12 mlrd 629,3 mln dollarlik oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kirilgan bo‘lib, 2014 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 20 mlrd 512,3 mln dollarni tashkil etar edi.
Shu bilan bir qatorda, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi 15,8 foizga qisqargani qayd etildi.

2015 yilning birinchi yarimyilligida bug‘doy va un eksporti hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,1 foiz, kungaboqar yog‘i — 11,9 foiz, baliq – 9,3 foiz, alkogol mahsulotlari – 41,2 foizga qisqargan. MDH, Osiyo va Shimoliy Afrika, Yevropa Ittifoqidagi bir qator (Niderlandiya, Latviya, Germaniya, Italiya, Polsha, Litva, Ispaniya, Daniya, Belgiya va boshqalar) mamlakatlari Rossiyada yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy importchisi hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda Xitoy ham Rossiyaning asosiy eksportyorlari safidan o‘rin egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish