Iqtisodiyot | 13:21 / 28.08.2015
3788
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan investitsiyalarning chiqib ketishi rekord darajaga yetdi

Rossiya aksiyalariga investitsiya sifatida kiritilgan mablag‘larning chiqib ketishi 20-26 avgust kunlari rekord darajani qayd qilib, 433.4 mln dollarni tashkil qildi.

Bu Emerging Portfolio Fund Research (EPFR) ma'lumotlarida ko‘rsatildi.
Bir hafta oldin 110.7 mln dollarlik investitsiyalar chiqib ketgani qayd qilingan edi.
Investitsiyalarning chiqib ketishi 14 haftadan buyon davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish