Sport | 14:39 / 28.08.2015
2747
1 daqiqa o‘qiladi
Song Xyong Min 22 mln funt evaziga «Tottenhem» a'zosiga aylandi
Germaniyaning «Bayyer» klubining koreyalik hujumchisi Song Xyong Min faoliyatini Angliyaning «Tottenhem» klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda London klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Manbada yozilishicha, inglizlar koreyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi.
Song yangi jamoasi safida 7 raqamli futbolkada o‘ynaydi.
Futbolchining transfer summasi rasman ma'lum qilinmagan. Biroq ba'zi manbalarning yozishicha, «Tottenhem» Janubiy Koreya terma jamoasi futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish uchun «Bayyer»ga 22 mln. funt sterling miqdorida mablag‘ to‘lagan.
Futbolchi Britaniyada ishlash huquqini beruvchi hujjatni qo‘lga kiritgach, uning «Tottenhem»ga o‘tishi bilan bog‘liq rasmiyatchilik o‘z nihoyasiga yetkaziladi.