Jahon | 10:59 / 28.08.2015
1801
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuela va Kolumbiya chegaradagi ixtilof tufayli o‘z elchilarini chaqirib olishdi

Venesuela va Kolumbiya rahbariyati bir nechta chegara punktlarining yopilishidan so‘ng o‘z elchilarini muzokaralar uchun chaqirib olishdi.

O‘tgan hafta Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Kolumbiya bilan chegaradagi vilotyada favqulodda vaziyat e'lon qildi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu mintaqada kontrabandachilarning hujumlari kuzatilgan. Hujum oqibatida 3 nafar harbiy va 1 nafar tinch fuqaro jarohat olgan.

Shundan buyon kontrabanda va jinoiy guruhlarga qarshi operatsiya doirasida Venesueladan minglab kolumbiyaliklar chiqarib yuborildi.

O‘z navbatida Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santos fuqarolariga bunday munosabatda bo‘lishlariga yo‘l qo‘ymasligini ma'lum qildi.

Kontrabanda bilan shug‘ullanuvchi guruhlar Venesueladan arzon garovga mahsulot sotib olib, uni noqonuniy yo‘llar bilan Kolumbiyaga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish