Jahon | 15:40 / 28.08.2015
2763
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Klichko Poroshenkoning partiyasiga rahbarlik qiladi

Kiyev meri Vitaliy Klichko juma kuni «Petr Poroshenko bloki «Birdamlik» partiyasi yetakchisi etib saylandi. Bunday qarorga bo‘lib o‘tgan partiyada s'yezdida kelingan.

O‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan yig‘lishda «Petr Poroshenko bloki» partiya fraksiyasi yetakchisi Yuriy Lutsenko mazkur partiyaga yangi rahbar tayinlash zarurligi haqida gapirib o‘tgandi.

«Petr Poroshenko bloki «Birdamlik» rahbarligiga Vladimir Vladimirovich Klichkoni nomzodini taklif qilaman. Chunki butunlay yangilangan partiyaning birdamligi va ishonchi uchun u timsol bo‘la oladi», – deya ta'kidlagandi Lutsenko «UDAR» va «Petr Poroshenko bloki «Birdamlik» vakillari yig‘ilishida.

Oldinroq, «Petr Poroshenko bloki «Birdamlik» va «UDAR» partiyalari siyosiy hijatdan birlashgan holda mahalliy saylovlarda «Birdamlik» brendi ostida qatnashishi ma'lum qilingandi.

Yangi siyosiy loyihaning nomi esa saylovlardan keyin ma'lum bo‘lishi belgilab qo‘yilgandi.

«Poroshenko bloki» va «UDAR» Oliy Radaga saylovlarda ishtirok etish uchun yagona ro‘yxatni taqdim qilgan va ularning soni hozirda 145 nafarni tashkil qilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish