Jamiyat | 18:27 / 28.08.2015
3766
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 5 kishi bekatda paydo bo‘lgan chuqurlikka qulab tushdi

Xitoyning Xarbin shahridagi avtobus bekatida yer o‘pirilishi sodir bo‘ldi.

O‘pirilish to‘satdan sodir bo‘lgani bois to‘rt kishi chuqurlikka tushib ketdi. Yana bir ayol esa piyodalar yo‘lagi ostidan o‘tgan quvurga osilib qolgan.

Jabrlanganlar faqatgina yengil tan jarohatini oldi. Ularning to‘rt nafari chuqurlikdan mustaqil ravishda chiqa olgan.