Jahon | 13:48 / 29.08.2015
3763
2 daqiqa o‘qiladi

BMT Bosh kotibi Pekindagi paradda ishtirok etishini tasdiqladi

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun Yaponiyaning bosh kotib rejasidan xavotirda ekaniga qaramasdan, Pekinda bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushi tugallangani va Osiyoyada yapon imperializmi ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlangan bayram marosimida ishtirok etishi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

Juma, 28 avgust kuni Yaponiya BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning Osiyoda yapon imperializmi ustida qozonilgan g‘alabani nishonlash maqsadida Xitoyga tashrif buyurayotgani yuzasidan xavotirini bildirgan edi. Yapon tomonining fikricha, mazkur tashrif jahon tashkiloti rahbarining “betarafligi”gi masalasini shubha ostida qoldiradi.

“Xabaringiz bor, men Ikkinchi jahon urushi tugallanining 70 yilligi hamda BMT tashkil topishi munosabati bilan Pekinga tashrif buyuraman”, – deya Bosh kotib so‘zlaridan iqtibos keltiradi agentlik.

BMT matbuot xizmatining xabar berishicha, kotib 2-6 sentabr kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Pekinda Pan Gi Mun XXR raisi Si Tszinpin va boshqa rasmiy shaxslar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq XXR tashqi ishlar vazirligi 3 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan tantanali marosimda 49 davlat vakillari, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ham ishtirok etishini ma'lum qilgan edi.

Bayram munosabati bilan poytaxtda 12 ming harbiy, 500ta texnika, 200dan ziyod samolyotlar ishtirok etadi. Paradda dunyoning 17 mamlakatidan ming nafarga yaqin harbiy ishtirok etishi ham ma'lum qilingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish