Jahon | 14:07 / 29.08.2015
2599
1 daqiqa o‘qiladi

Dominikada "Erika" bo‘roni tufayli halok bo‘lganlarning soni 35 nafarga yetdi

Karib dengizi havzasida harakatlanayotgan "Erika" nomli tropik bo‘ron tufayli shu vaqtgacha Dominika respublikasida 35 kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lumotlari asosida Interfaks xabar bergan.

Aniqlik kiritilishicha, Pti-Savanna qishlog‘ida 27 kishi bo‘ron qurboniga aylangan. Mahalliy hukumat qurbonlar soni ortishi mumkinligini istisno etmayapti.

Fox News telekanalida xabar qilinishicha, bu bo‘ron g‘arbga tomon harakatlanib, AQShning Florida shtatiga yaqinlashmoqqda.

Floridada favqulodda vaziyat joriy etilishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish