Jahon | 12:33 / 29.08.2015
7328
1 daqiqa o‘qiladi
Kobzon Rossiyani AQSh bilan diplomatik aloqalarini uzishga chaqirdi
Rossiya Davlat dumasi deputati hisoblanadigan qo‘shiqchi Iosif Kobzon mamlakat rahbariyatini AQSh bilan diplomatik aloqalarini uzishga chaqirdi. Bu haqda "Russkaya slujba novostey" xabar qilgan.
"Men AQSh bilan barcha diplomatik munosabatlar uzilishini taklif qilaman. Shu orqali ularga bizga nisbatan xato ish tutishganini anglashi uchun vaqt beramiz. Ular bu vaqt davomida yaxshilab o‘ylab olib, Rossiya bilan hazillashmaslik kerakligini anglashsin. Biz bilan nafaqat AQSh, balki boshqa davlatlar ham hazillashmasligi kerak", deydi Kobzon.