Jahon | 17:30 / 29.08.2015
3183
1 daqiqa o‘qiladi
KXDR va Janubiy Koreya oilalarni birlashtirish masalasini muhokama qilishga tayyor
KXDR hukumati Qizil xoch jamg‘armasining Janubiy Koreya bo‘limi bilan Koreys urushi davrida ajralib ketgan oilalarni birlashtirish dasturi haqida muzokaralar olib borishga rozi bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Janubiy Koreya Yagona ma'lumotlar vazirligining xabar berishicha, mamlakat hududida 130 ming nafardan ziyod aholi shimoldagi o‘z oila a'zolarini qidirmoqda. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, urush vaqtida bedarak yo‘qolganlarning 66 ming nafari hali ham hayot.
Qizil xoch jamg‘armasining Janubiy Koreya bo‘limi bilan KXDR hukumati o‘rtasidagi muzokaralar 7 sentabr kuni chegara hududidagi Pxanmundjom qishlog‘ida bo‘lib o‘tishi kerak.