Jahon | 11:17 / 29.08.2015
2595
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro moliyaviy ko‘mak olish uchun Xitoy va Vetnamga boradi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mamlakat iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shartnomalarni imzolash maqsadida Xitoy va Vetnamga rasmiy tashrif bilan boradi, deya xabar berdi Reuters.

“Men ertaga Venesuelaning iqtisodiy va moliyaviy xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha shartnomalar imzolash, shuningdek, ushbu murakkab davrda ko‘mak topish maqsadida Vetnam va Xitoyga jo‘nab ketaman”, – dedi Maduro.

U mazkur Osiyo davlatlariga prezidentlarining taklifi bilan jo‘nab ketayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Qayd etilishicha, 2007 yili, Ugo Chaves davridayoq Venesuela Xitoydan 50 mlrd dollar qarz olgan edi. Bu Xitoy kompaniyalarining mamlakat bozoriga kirishiga keng yo‘l ochdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish