Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar qaytadan boshlandi
Suriyaning 48 soatlik tinchlik kelishuvi shartlari buzilganidan so‘ng Damashq provinsiyasining Az-Zabadani shahri hamda Al-Fua va Kafray aholi punktlarida jangarilar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasidagi janglar qaytadan boshlandi, deya ma'lum qildi Suriyada inson huquqlari bo‘yicha kuzatuvchi kengash.
Kengash rahbari Rami Abdul Rohman so‘zlariga ko‘ra, hozircha qaysi tomon o‘q otishni to‘xtatish rejimini birinchi bo‘lib buzgani noma'lum. Jabrlanganlar haqida ham xabar qilinmadi.
Damashq va jangarilar o‘rtasidagi 48 soatlik tinchlik shartnomasi payshanba, 27 avgust kuni mahalliy vaqt bilan 06:00da imzolangan edi. Az-Zabadani esa Suriyaning Livan bilan chegarasidagi yagona aholi punkti bo‘lib, ayni paytda jangarilar nazorati ostida.
2015 yil iyul oyida hukumat qo‘shinlari mazkur shaharni bosib olishga harakat qilganida jangarilar asosan shialar istiqomat qiluvchi Al-Fua va Kafray aholi punktlarini o‘z halqasiga olib, qirg‘in-barot uyushtirgan edi.