Jahon | 17:54 / 29.08.2015
3336
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada jangarilar politsiya avtobusini portlatib yuborishdi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyatida politsiyachilar avtobusi portlatilishi oqibatida 24 kishi jabrlandi. Ulardan 10 nafari politsiya xodimlari ekani aytilgan.

Press TV telekanalida aytilishicha, bu terakt Kurdiston ishchilar partiyasi vakillari tomonidan amalga oshirilgan.
Qayd etish kerakki, bu partiya a'zolari bugun Anqarada Turkiya hukumati va kurdlar o‘rtasidagi siyosiy urushga barham berilishini so‘ragan holda tinch namoyish o‘tkazishgandi.

Shuningdek, 29 avgust kuni kurdlar Turkiya armiyasining 3 nafar askarini o‘ldirishgani xabar qilingan.

Qolaversa, Turkiyada bugun Vice telekanalining 2 nafar jurnalisti mamlakatdagi siyosiy nizolar bo‘yicha hujjatli film olish paytida hibsga olingan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish