Jamiyat | 07:40 / 29.08.2015
6427
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik keksa ayolning boshidan kam uchraydigan kasallik tufayli shoxga o‘xshash o‘simta o‘sib chiqdi

Xitoylik keksa ayol Lyan Syuchjen o‘g‘lining aytishicha, onasining peshonasida avval kichkina shish paydo bo‘lgan, deb xabar bermoqda Mirror nashri.

Ayol tasodifan bu shishni shikastlab olgandan keyin undan qon keta boshlagan. Bundan keyin bu shish o‘rnida shox o‘sishni boshlagan. Hozirda bu shoxning uzunligi 13 santimetrni tashkil qilmoqda. Keksa ayol o‘simta ko‘pincha og‘rishi va unga uxlashga xalaqit berishidan shikoyat qilmoqda.

Shifokorlarning ta'kidlashicha, Lyan Syuchjen cornu cutaneum, lotinchadan “teri shoxi” deb ataluvchi kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekmoqda. Bu yomon sifatli o‘simtaga aylanib ketishi mumkin bo‘lgan yaxshi sifatli o‘simta hisoblanadi.

Shifokorlar ayolda shoxni olib tashlash uchun operatsiya o‘tkazishni talab qilishmoqda, biroq ayolning yaqinlari onalari yoshining keksaligi tufayli bu operatsiyani ko‘tara olmasligidan xavotirlanishmoqda.