Sport | 11:03 / 30.08.2015
2551
2 daqiqa o‘qiladi

Husanboy Rahimov Sarayevodagi Jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritdi

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Husanboy Rahimov Sarayevoda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 85 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Nimchorak finalda Husanboy yaponiyalik Shutaro Yamaduni, chorak finalda AQSh vakili Ouen Uebster, yarim finalda esa ozorbayjonlik Rashid Hamidlini mag‘lub etdi. Biroq final bahsida Rossiya sportchisi Soslan Lavoyevning kuragini yerga tekkiza olmadi.

Sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati. Erkin usul. 85 kg: 1 – David-Soslan Lavoyev (Rossiya), 2 – Husanboy Rahimov (O‘zbekiston), 3 – Ouen Uebster (AQSh) va Nail Seyar (Turkiya).

Shunday qilib, klassik kurashchilar qo‘lga kiritgan oltin va qizlar egallagan kumush medallardan so‘ng terma jamoa hisobiga uchinchi — kumush medal ham yozib qo‘yildi. O‘zbekiston sport kurashlari Assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 30 avgust — musobaqalarni yakunlovchi so‘nggi kun. Bugun erkin usul kurashchilari so‘nggi besh medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.