Jahon | 10:51 / 30.08.2015
2735
1 daqiqa o‘qiladi

Kiyev jangarilarni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzganlikda aybladi

Shanba, 29 avgust kuni jangarilar 100 millimetrgacha kalibrli qurollardan foydalangan holda 19 marotaba o‘t ochishni to‘xtatish tartibini buzdi, deyiladi yakshanba kuni tongda tarqatilgan harbiy amaliyotlar matbuot markazi xabarida.

"29 avgust, 18:00dan yarim tunga qadar vaziyat barqaror, keskinlashmagan holda qoldi. Bizning pozitsiyada faqatgina tartibsiz va tashviqot ruhidagi otishmalar bo‘lib turdi”, deya qayd etildi matbuot markazining feysbukka joylashtirilgan xabarida.

Kun oxiriga borib esa jangarilar granatomyot yordamida Ukraina qurolli kuchlarining Tryoxizbenka, Avdeyevka va Marinkadagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Ikki marotaba Opytnoye aholi punktidagi ukrain qismlari ham o‘qotar qurollari hujumi ostida qolgan.

“O‘tgan kun davomida 19 marotaba o‘t ochishni bekor qilish tartibi buzildi. Bir marta minomyot, 10 marotaba granatomyotdan foydalanildi”, deya xabar berdi matbuot markazi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish