Jahon | 12:13 / 30.08.2015
2417
1 daqiqa o‘qiladi

Maykl Jordanning “Kosmik jyem” filmidagi libosi auksionda sotiladi

Afsonaviy basketbolchi Maykl Jordan “Kosmik jyem” filmida kiygan libos kimoshdi savdolariga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda CBS Sports.

Axborot manbasining ma'lumotiga ko‘ra, sport libosining boshlang‘ich narxi 10 ming dollarni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur film 1996 yili dunyo ekranlariga chiqqan bo‘lib, jahon miqyosida 230 mln dollar jamg‘argan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish