Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 23:52 / 30.08.2015
2255
1 daqiqa o‘qiladi
Misrda parlament saylovlari o‘tkaziladigan kunlar belgilandi
Misr Markaziy saylov qo‘mitasi oktabr va noyabrda parlament saylovlarining ikki turi bo‘lib o‘tishini belgiladi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Birinchi tur 18-19 oktabr kunlari Misrning 14 viloyatida, 21-22 noyabr kunlari esa qolgan viloyatlarida bo‘lib o‘tadi.
Misrdagi avvalgi parlament saylovlari 2012 yilda “arab bahori”dan keyin bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda birinchi o‘rinni hozirda sudlangan, mamlakatning sobiq prezidenti Muhammad Mursiyning partiyasi egallagan edi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish