Jahon | 19:45 / 30.08.2015
4327
2 daqiqa o‘qiladi

Mutko G‘arbni Rossiya sportini kuchsizlantirishga urinishda aybladi

Rossiya sport vaziri Vitaliy Mutko rossiyalik yengil atletikachilar bilan sodir bo‘lgan hodisadan mamlakatga siyosiy bosim o‘tkazish quroli sifatida foydalanilgani ma'lum qildi. Bu haqda “EkSport” xabar berdi.

“Biz million dollar o‘tkazib bergan Jahon antidoping agentligi o‘z siyosatini o‘tkazmoqchi. Rossiyadagi doping masalasi haqida film namoyish etilganidan so‘ng darhol komissiya tuzilishi lozim ekan. Agarda mojaro boshqa mamlakatda sodir bo‘lganida, hech qanday komissiya tuzilmas edi. Bu G‘arbning siyosiy qurolidan boshqa emas. Katta siyosatdagilarning hech biri Rossiya sportining Sobiq Ittifoq o‘rnini egallashini istamaydi”, – dedi Mutko.

4 avgustda Xalqaro yengil atletika federatsiyasi 2011 yilda atletlarning biologik pasportidagi doping qabul qilingan bo‘lishi mumkinligiga ishora qiluvchi anomal ma'lumotlar asosida 63 ishni qo‘zg‘atgan edi. Ularning 31tasi rossiyaliklarga nisbatan ochilgan.

Bundan tashqari, nemis televideniyesida ham sportda muntazam ravishda doping qabul qilish haqidagi hujjatli film namoyish etilgan bo‘lib, unda rossiyalik yengil atletikachilar haqida ham so‘z borgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish