Jahon | 07:24 / 30.08.2015
13548
3 daqiqa o‘qiladi

New York Times: AQSh Arktikani Rossiyaga boy bermoqda

Arktikaning tabiiy zaxiralari va yangi savdo yo‘llariga ega hududlari uchun kurash allaqachon sovuq urushga qiyoslanmoqda, deb yozmoqda New York Times nashri. AQShlik amaldorlar va tahlilchilarning fikricha, Arktikaga egalik qilish poygasida AQSh boshqa davlatlardan, ayniqsa Rossiyadan ortda qolmoqda.

Nashrning ta'kidlashicha, Alyaska sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga bir vaqtda Bering bo‘g‘ozi orqali faol kemachilikni va bu hududda baliqchilikni kuzatish uchun kemalar yotishmayapti. Qo‘riqlash xizmati floti, shu jumladan ikkita muzyorar kema eskirib bormoqda. Baland kengliklarda aloqa rivojlanmagan, chuqur suv portlari ham mavjud emas. Bularning barchasi sarmoya talab qiladi, biroq bu sarmoyalar siyosiy bahslar, byudjyet cheklovlari va qog‘ozbozchilik sababli yillar davomida mavjud bo‘lmay kelmoqda.

“Biz birinchi kun mamlakatda Arktikada qandaydir bir muhim joylashganlikni qo‘llab-quvvatlash uchun imkoniyatlar yo‘qligini baralla aytayotganimiz yo‘q”, deb ta'kidlamoqda sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmatiga qo‘mondonlik qiluvchi admiral Pol Zakanft.
Nashrning ta'kidlashicha, Rossiya esa Arktika hududida 10 ta qidiruv-qutqaruv stansiyasini qurmoqda va sobiq ittifoqning avvalgi bazalarini tiklab, harbiy salohiyatini oshirib bormoqda. AQSh harbiylari bunga xavotir bilan qaramoqdalar: AQSh armiyasi Alyaskada ikkita brigadani qisqartirishni rejalashtirmoqda, harbiy-havo floti esa Arktikada operatsiyalar o‘tkazish bo‘yicha kam tajribaga ega ekanligini tan olmoqda. Bundan tashqari, Rossiya BMTning dengiz huquqi bo‘yicha konvensiyasiga muvofiq, Arktika shelfi chegaralarini kengaytirish bo‘yicha ariza topshirdi, bu orada AQSh bo‘lsa hali ham bu konvensiyani ratifikatsiya qilmagan.

“AQSh bu o‘yinga hattoki qo‘shilmagan ham”, deb aytmoqda AQSh Davlat departamentining Arktikadagi hamkorlik masalalari bo‘yicha maxsus vakili, iste'fodagi admiral Robert Papp. “Men AQSh Rossiya hozirda Arktikada amalga oshirayotgan ishlar – yangi bazalar qurish, telekommunikatsiya va qidiruv-qutqaruv imkoniyatlaridan juda bo‘lmasa birortasini amalga oshirishini istar edim”, deb ta'kidlamoqda Papp. Pappning aytishicha, sovuq urush zamonlarida, Sobiq ittifoq koinotga sun'iy yo‘ldosh uchirganda AQSh qo‘llarini osiltirgancha “shovvoz ona Rossiya” deb o‘tirmay, munosib harakat qilganini ta'kidlab o‘tdi.