Jahon | 18:01 / 30.08.2015
11291
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Medvedev Sochidagi rezidensiyada birgalikda sport bilan shug‘ullanib, nonushta qilishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va mamlakat bosh vaziri Dmitriy Medvedev Sochidagi «Bocharov Ruchey» rezidensiyasida birgalikda sport bilan shug‘ullanib, mashg‘ulotlardan so‘ng nonushta qilishdi.

Prezident va bosh vazir dastavval rezidensiya sport zalida chigalyozdi mashqlarini bajarib, so‘ngra og‘ir mashqlar trenajyorlariga o‘tishdi. Mashg‘ulotlar tugaganidan so‘ng esa ochiq peshayvonga o‘rnatilgan qo‘rada o‘zlariga barbekyu tayyorlab, nonushta qilishdi.

Nonushta jarayonida Putin va Medvedev bir qator dolzarb masalalarni muhokama qilishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish