O‘zbekiston | 12:41 / 30.08.2015
15499
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik tadqiqotchi O‘zbekistonda yaxshi saqlanib qolgan sirli obektni topdi

Rossiyalik tadqiqotchi, jurnalist va rejissyor Nikolay Subbotin oktabr oyida O‘zbekistonga yangi ekspeditsiya tashkil etishi ma'lum qildi.

“Oktyabr oyida yangi ekspeditsiyaga jo‘nayman — “Oriylar yo‘llari bo‘ylab. O‘zbekiston”. Sun'iy yo‘ldosh suratlarini taqqoslar ekanman, u yerda sirli obektga ko‘zim tushdi. U Chelyabinsk Arkaimini xuddi o‘zi!”, – deya 41 yoshli ekspeditsiyachi so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Komsomolskaya pravda”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Chelyabinskdagi qadimiy shahar buzilib ketgan. Biroq O‘zbekistonning quruq iqlimi sababli qariyb avvalgi holati bo‘yicha saqlanib qolgan o‘ttizga yaqin ko‘cha va uylar mavjud. Ular Chelyabinskdagi “Shaharlar o‘lkasi”ga juda o‘xshash.

Mashhur sayyoh Nikolay Subbotin 5 yil davomida sun'iy yo‘ldosh tasvirlari asosida qadimiy tarixiy artefaktlar bazasini ishlab chiqdi. Hozirgi paytda bunday obektlar soni Rossiya hududida 10 mingta atrofida, dunyo miqyosida esa 50 mingtadan oshadi.

Arkaim — Rossiyaning Chelyabinsk viloyatidan topilgan sirli qadimgi shahar. U Yevropa va Osiyo qit'alari chegarasida joylashgan. Qadimgi turk tilidan tarjima qilinganida “yelka”, “orqa”, “asos” ma'nolarining anglatadi. Spiralsimon ko‘rinishdagi Arkaim manzilgohi eramizdan avvalgi 17-16 asrlarga oid sintashta madaniyatining o‘ziga xos namunasi bo‘lib, xo‘jalik inshootlari, mozor va mustahkamlangan turar-joy binolaridan tashkil topgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish