Jahon | 09:12 / 30.08.2015
2804
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariyada xitoylik sayyohlar uchun alohida poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Shveytsariyaning tog‘li kurortlaridan birida xitoylik sayyohlar uchun madaniy jihatlar hisobga olingan holda maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Blick nashri.

Qayd etilishicha, Shveytsariya Alpdlaridagi Riga kurortiga ko‘p sonli tashrif buyuruvchilar xitoylik sayyohlarning poyezdlarda o‘zlarini nomaqbul tutishlari ustidan bir necha marta shikoyat qilganlar. Ularning e'tiroziga xitoyliklarning vagonlar, o‘tish joylari, eshiklar oldida to‘planib olishlari hamda o‘zlarini qo‘pol tutishlari sabab bo‘lgan. Ba'zi sayyohlar vagonlar poliga tupurayotgan xitoyliklarni ko‘rishganini aytishgan.

Mahalliy temir yo‘l kompaniyasi vakilining aytishicha, Osiyodan sayyohlarning tashrif buyurishi ishlarni o‘nglab olishga yordam berdi, biroq ular o‘zlarini nomaqbul tutishlari muammoga aylandi. Vaziyatni yaxshilash maqsadida kurortga tashrif buyurayotganlarning yarmini tashkil qiluvchi osiyolik sayyohlar guruhlariga alohida poyezdlardan foydalanish taklif qilinmoqda. Yangi poyezdlar ko‘proq marta tozalanishi va hojatxonadan qanday foydalanish batafsil tushuntirilgan yo‘riqnomalarga egaligi bilan farqlanadi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish