Svazilend qirolligidagi avtohalokat qurbonlari soni 65 kishiga yetdi
Janubiy Afrikadagi Svazilend qirolligidagi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lganlar soni 65 kishini tashkil qildi, deb mamlakatdagi birdamlik tarmog‘iga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda Sinxua agentligi.
Avvalroq 38 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.
Ikki yush mashinasi va yengil avtomobil o‘rtasidagi to‘qnashuv 28 avgust kuni kechki payt yuz bergan edi. Yuk mashinasi qirollik qarorgohi yonida har yili o‘tkaziladigan “Umxlanga” ("Shaqarqamish raqsi”) milily festivalida qatnashmoqchi bo‘lgan qizlarni olib ketayotgan bo‘lgan.
“Endi biz avtohalokat oqibatida 65 kishi, jumladan og‘ir jaroxatlangan orasidagi qurbonlar bilan birga, halok bo‘lganini tasdiqlay olamiz. Biz ularning oilalariga chuqur taziya bildirib qolamiz”, deb aytilmoqda xabarda.
Yo‘l-transport hodisasidagi qurbonlar soni bo‘yicha hukumat tomonidan hech qanday rasmiy ma'lumot berilmadi.