Jahon | 19:12 / 30.08.2015
5345
1 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Klichko kiyevliklar bilan favvorada cho‘mildi

Kiyev meri Vitaliy Klichko shahar aholisini Pochtavaya maydonidagi Piyodalar dam olish zonasining ochilishi bilan qutlab, bir necha kiyevlik bilan favvorada cho‘mildi, deya xabar berdi UNN.

“Biz Kiyevni zamonaviy Yevropa shahri maqomiga yetkazish, uni yaxshi va qulay qilish uchun zarur bo‘lgan barcha choralarni ko‘ramiz. Mazkur maydon eng yaxshi namunalardan biridir. Yaqin orada bu yerda kafe va boshqa infratuzilmalar ishga tushadi. Bu yerning atmosferasi juda yaxshi va uni favvora tozalab turadi”, – dedi mer.

Mer, shuningdek, kopleks 2016 yilning bahorida to‘liq ishga tushishini ma'lum qildi. Bu yerda qadimgi Kiyev muzeyi bo‘lgan savdo majmuasi ishga tushiriladi. Ushbu muzeyda tomoshabinlarga arxeologik qazishmalar chog‘ida topilgan XI asrga oid artefaktlar namoyish etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish