Jahon | 08:11 / 31.08.2015
3242
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod AQShning Kanada bilan chegarasida devor barpo etilishi ehtimolini qo‘llab-quvvatlamoqda

AQSh o‘zining shimoldagi qo‘shnisi – Kanada bilan chegarasida devor qurishdan yutishi mumkin, deb aytdi AQSh prezidenti lavozimiga Respublikachilar partiyasidan nomzodi qo‘yilishi uchun da'vogarlik qilayotgan Viskonsin shtatining gubernatori Skott Uoker NBC telekanaliga bergan intervyusida.

Uoker jurnalistning AQShga terrorchilarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida bunday to‘siq qurilishi ehtimoliga  qanday qarashi haqidagi savoliga quyidagicha javob berdi:

“Odamlar bizdan Nyu-Gempshirda (AQShning Kanada bilan chegaradosh shimoliy qismi) bu haqda so‘rashgan edi, ularda, jumladan men bilan yig‘ilishlardan birida bu haqda gaplashgan huquq-tartibot muassasalari xodimlarida ham haqli ravishda xavotirlar paydo bo‘lmoqda. Shu sababli bu masalani ko‘rib chiqish o‘zini oqlaydi”, deb ta'kidlab o‘tdi Uoker.

Gubernator “AQShni terrorchilardan saqlash faqatgina devor qurish va chegaralarni qo‘riqlashdan iborat emasligini, “buning uchun terrorchilikka qarshi kurashishda razvedka xizmatlariga barcha imkoniyatlarni taqdim qilish zarurligini” aytmoqda.      

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish